





LME – Rangli metallar Londor birjasi narxi (tonna)
Metall | Birja narxi: |
---|---|
Mis | $9773.00 ⬆️ +0.83% |
Rux | $2838.50 ⬆️ +0.73% |
Nikel | $15523.00 ⬆️ +2.00% |
Oltin (1 unsiya) | $3,328.9 ⬆️ +1.33% |
Amalga oshirilayotgan loyihalar
LME – Rangli metallar Londor birjasi narxi (tonna)
Metall | Birja narxi: |
---|---|
Qalay | $33811.00 ⬆️ +1.09% |
Palladiy | $1268.00 ⬆️ ️0.95% |
Molibden | $23.01 ⬇️ ️-0.13% |
Kumush (1 unsiya) | 34.10 ⬆️ +0.53 % |
Yangi ish o'rinlari
Markaziy bank valyutalar kursi
Loyihalarning jami qiymati
Yangiliklar
Imtiyozlar haqida batafsil.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlashning texnologik zanjirlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 28-iyundagi PQ–295-son qaroriga muvofiq “Eltech Industrial” texnoparki ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
- mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlash borasida energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ekologiya xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish va mahsulot sifatini axborot tizimlari orqali boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflangan xarajatlarning 50 foiz miqdori, biroq 1 mlrd so‘mdan oshmaydigan qismi qoplanishi;
- ushbu ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni joriy qilish bo‘yicha loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarni ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatlarning 20 foizgacha miqdori O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangan.
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tashkil etilgan “Eltech Industrial” texnoparki ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflagan hamda ushbu ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni joriy qilish bo‘yicha loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarni ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatlari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 369-son qarori bilan tasdiqlangan “Eltech Industrial” texnoparki ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Texnopark ishtirokchisi Texnopark hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) faoliyati doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etganligi vakolatli organ (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi) tomonidan tasdiqlanganligi ushbu ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan qoplab berish uchun asos bo‘ladi.
Bunda Texnopark ishtirokchisi:
- yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi hamda Texnopark ishtirokchisi bo‘lishi;
- mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirganligi;
- ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yaratish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi;
- ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini majburiy sertifikatlash talab etilgan hollarda muvofiqlik sertifikati, shuningdek, zarur hollarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar yoki ekologik ekspertiza xulosasiga ega bo‘lishi;
- ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalash yoki boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjat talab etilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarga ega bo‘lishi lozim.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 369-son qarori)
Texnopark ishtirokchisi Texnopark hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) faoliyati doirasida loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatishni (ishlarni bajarishni) joriy etganligi vakolatli organ (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi) tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ushbu loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini (ishlarini) joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan qoplab berish uchun asos bo‘ladi.
Bunda Texnopark ishtirokchisi:
yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi hamda Texnopark ishtirokchisi bo‘lishi;
mis va noyob metalllar xom ashyosini qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishda loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatayotganligi (ishlarni bajarayotganligi);
loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatishni (ishlarni bajarishni) joriy etish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi;
loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bo‘yicha majburiy sertifikatlash talab etilgan hollarda muvofiqlik sertifikati, shuningdek, zarur hollarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar yoki ekologik ekspertiza xulosasiga ega bo‘lishi;
loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) qonunchilik hujjatlariga muvofiq ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarga ega bo‘lishi lozim.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 369-son qarori)
Texnopark ishtirokchisi maqomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi PQ–5159-son qarori bilan tasdiqlangan Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qarorga asosan ushbu komissiya tomonidan tasdiqlangan Tartibga muvofiq “Eltech Industrial” texnoparki hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga beriladi.