Jumladan, joriy yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, eksport prognozi 105,4%ga bajarilib, 101 735 000 dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak xorijiy iste’molchilarga mis katodi, mis katankasi, rux, rux kuporosi, mis kuporosi, kadmiy, texnik tellur kabi mahsulotlar yuborilgan.
Ma’lumot uchun: Yildan yilga OKMK eksport geografiyasi kengayib bormoqda. Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinmoqda. 2024-yilda bir qator yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Jumladan, Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Portugaliya kabi davlatlarga mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirildi.


