Xalqaro ekspertlar bilan tog’-kon sanoatida mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

HomeYangiliklarXalqaro ekspertlar bilan tog’-kon sanoatida mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

Xalqaro ekspertlar bilan tog’-kon sanoatida mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

Mahalliylashtirish markazi rahbariyati va Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari ishtirokida Amerikaning McKinsey & Company vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tog’-kon sanoatida mahalliylashtirish darajasini oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik investitsiya loyihalariga jalb etish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, xalqaro tajriba asosida tog’-kon sanoatining xarid tizimini takomillashtirish, ehtiyoj yuqori bo‘lgan mahsulotlarni mahalliylashtirish imkoniyatlarini aniqlash va mahalliy korxonalar salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etish yuzasidan kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab oldilar.

Scroll to Top