Sayyor qabulda Markaz rahbariyati, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda 2-Mis boyitish fabrikasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida 2-Mis boyitish fabrikasi flotatsiya chiqindilari tarkibidagi temir saqlovchi komponentlarni ajratib olish imkoniyatlari muhokama qilinib, laboratoriya tahlillari uchun namunalar olindi.
Shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishilib, ishtirokchilarning taklif va murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.





