Mahalliylashtirish markazi va Navoiy Innovatsiyalar universiteti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi sanoat ehtiyojlariga mos malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash hamda ta’lim va ishlab chiqarish aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari — kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, dual ta’limni rivojlantirish, talabalar amaliyotini tashkil etish hamda bitiruvchilarning ishga joylashishiga ko‘maklashishdan iborat.
Shuningdek, mahalliylashtirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma takliflar ishlab chiqish rejalashtirilgan.






