Mahalliylashtirish strategiyasini ishlab chiqish doirasida “NAVOIYURAN” DK bilan muzokaralar o‘tkazildi

HomeYangiliklarMahalliylashtirish strategiyasini ishlab chiqish doirasida “NAVOIYURAN” DK bilan muzokaralar o‘tkazildi

Mahalliylashtirish strategiyasini ishlab chiqish doirasida “NAVOIYURAN” DK bilan muzokaralar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi Tog‘-kon sanoatida mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tarmoqda mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda Mahalliylashtirish markazi vakillari hamda “McKinsey & Company” kompaniyasi ekspertlaridan iborat ishchi guruh Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida “Navoiyuran” davlat korxonasi mutaxassislari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralarda strategiyani ishlab chiqish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, jumladan, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari, xaridlar va import tarkibi hamda investitsiya loyihalarini o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Korxonaning joriy va istiqboldagi ehtiyojlari asosida mahalliylashtirish imkoniyatlari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijalari va to‘plangan ma’lumotlar tarmoq korxonalari, jumladan, “Navoiyuran” DK ehtiyojlarini inobatga olgan holda, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan mahalliylashtirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish strategiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Scroll to Top