Tog‘-kon sanoatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish doirasida Mahalliylashtirish markazi rahbariyati hamda “McKinsey & Company” kompaniyasi vakillari 2026-yil 16-oktyabr kuni “O‘zmetkombinat” AJda ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 283-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda korxonaning ishlab chiqarish salohiyati, xaridlar tizimi, import tarkibi va investitsiya dasturlari o‘rganilib, mahalliylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Korxona rahbariyati va mas’ul mutaxassislari bilan muloqotda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, import qilinayotgan mahsulot va ehtiyot qismlarni o‘zlashtirish hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda strategiyani ishlab chiqish uchun korxonaning amaliy ehtiyojlariga asoslangan takliflarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.










