Mazkur nufuzli tadbirda “Mahalliylashtirish markazi” xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
Uchrashuv doirasida geotermal energiyaning O‘zbekistonning barqaror rivojidagi o‘rni, issiqxonalarni isitish, markaziy issiqlik ta’minoti, sanoatga integratsiya qilish, shuningdek, oziq-ovqat, suv va energetika xavfsizligi uyg‘unligi masalalari muhokama qilinmoqda.
Tadbir Xalqaro Geotermal Assotsiatsiya (IGA) va O‘zbekiston Respublikasi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro tajriba almashish hamda yangi hamkorlik loyihalariga zamin yaratmoqda.
Ushbu uchrashuv O‘zbekistonning “toza” energetikaga o‘tish, innovatsiyalarni joriy etish va barqaror rivojlanish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri hisoblanadi.





