“Eltech Industrial” texnoparki hududida joylashgan «Vades Group» MCHJ korxonasining yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. Ushbu loyiha haqida “Oʻzbekiston-24” telekanali ijodkorlari tomonidan «Tahlilnoma» dasturi uchun maxsus lavha tayyorlandi.
Korxonaning asosiy mahsulotlari:
SIM-kartalar – mahalliy mobil operatorlar hamda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport qilinadi.
Bank kartalari – xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
ID-kartalar va Mobile ID – identifikatsiya hamda raqamli xizmatlar uchun zamonaviy yechimlar.
Vades Group — ichki bozorni ta’minlash bilan birga, eksport geografiyasini ham kengaytirib borayotgan innovatsion korxona.