Eronning Hamkar Crusher hamda Shayeghi Group kompaniyalari direktorlari Mahalliylashtirish markaziga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida tog‘-kon sanoati uchun zarur uskunalar, ehtiyot qismlar va texnologik yechimlarni mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xorijiy kompaniyalar tajribasidan foydalangan holda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.





