Korxona sement ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda, nafaqat ichki bozorni, balki eksport yo‘nalishini ham faol rivojlantirib kelmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik me’yorlarga qat’iy amal qilinayotgani tahsinga loyiq.
Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi loyihalarni amalga oshirish va sanoatni barqaror rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mehnati va fidoyiligiga yuksak baho beramiz. Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!


