Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “INNOPROM.Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan bir qator muhim hujjatlar imzolandi.
Xususan, kimyo sanoati yo‘nalishida Rossiya Federatsiyasining “РУССКИЙ ЙОД” MCHJ kompaniyasi bilan mineral xomashyo qazib olish va uni qayta ishlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumiga erishildi. Ushbu hujjat kelgusida mazkur yo‘nalishda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, texnologiyalar almashinuvi va investitsiya hamkorligini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Mazkur kelishuv sanoatning strategik yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kimyo sanoatining mahalliylashtirilgan hamda eksportbop mahsulotlar bilan boyitilishiga zamin yaratadi.

