Kon-geologiya vazirligida Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi vakili bilan uchrashuv tashkil qilindi

HomeYangiliklarKon-geologiya vazirligida Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi vakili bilan uchrashuv tashkil qilindi

Kon-geologiya vazirligida Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi vakili bilan uchrashuv tashkil qilindi

Joriy yilning 23-aprel kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi departamenti direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda vazirning birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev, vazir o‘rinbosari U.Yusupov, “Tog‘-kon sanoatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” DM direktori M.Ilxamov, Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi departamenti direktori Nasser Albakron ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi islohotlar, ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, investitsiya loyihalarida “Mahalliy kontent” ulushini oshirish va mahalliylashtirish yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashinuvi kabi masalalar muhokama qilindi.

Scroll to Top