Mahalliylashtirish markazi delegatsiyasi OKMK Aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi

HomeYangiliklarMahalliylashtirish markazi delegatsiyasi OKMK Aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi

Mahalliylashtirish markazi delegatsiyasi OKMK Aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi

Tashrif davomida delegatsiya kombinat tarkibidagi ishlab chiqarish bo‘limlarida bo‘lib, zamonaviy texnologik jihozlar, ishlab chiqarish liniyalari va texnologik jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.

Delegatsiya a’zolari kabel va sim ishlab chiqarish liniyasining ish faoliyatini ko‘zdan kechirib, tayyor mis sim mahsuloti saqlanayotgan bo‘lim faoliyati bilan ham tanishdilar.

OKMK AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli mis simlar sanoatning turli yo‘nalishlarida foydalaniladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga bunday mahsulotlarning taqdim etilishi import o‘rnini bosish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.

Tashrif chog‘ida tomonlar o‘zaro hamkorlik, mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, ehtiyojlarni ichki imkoniyatlar orqali qondirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Scroll to Top