Bugun Mahalliylashtirish markazi mutaxassislari Elektr mashinalar zavodiga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud mahsulotlar va yangi texnologiyalar bilan yaqindan tanishildi.
Kompaniya kon texnikalari, yuk ko‘taruvchi va yordamchi mexanizmlar uchun mo‘ljallangan doimiy tok elektr dvigatellarini ishlab chiqaradi. Ushbu dvigatellar yuqori ishonchlilik va bardoshlilik bilan ajralib turadi hamda maxsus buyurtmalar asosida, mijozlarning chizmalariga muvofiq ishlab chiqariladi.
Dvigatellar va ularning ehtiyot qismlari nafaqat O‘zbekiston bozoriga, balki Rossiya Federatsiyasi hamda Qozog‘iston Respublikasiga ham yetkazib beriladi.
Tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida mahalliylashtirish darajasini oshirish, ehtiyot qismlarni lokal ishlab chiqarish va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida yaqin istiqbolda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish va sanoat salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan amaliy choralar belgilab olindi.
Ushbu tashrif va hamkorlik tashabbuslari mamlakatimizda sanoat mahsulotlarini mahalliylashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.


