Tashrifdan asosiy maqsad – tog‘-kon va geologiya sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish, zamonaviy o‘quv-uslubiy jarayonlar bilan tanishish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Tomonlar malaka oshirish dasturlari, tajriba almashinuvi va o‘quv-metodik resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.
Tashrif davomida institut faoliyati, mavjud infratuzilma, laboratoriyalar va zamonaviy o‘quv sinflari bilan tanishildi.



