Mahalliylashtirish markazi vakillari Urumchi shaxrida «Silk Road Mining Cooperation Forum»da ishtirok etdi

HomeYangiliklarMahalliylashtirish markazi vakillari Urumchi shaxrida «Silk Road Mining Cooperation Forum»da ishtirok etdi

Mahalliylashtirish markazi vakillari Urumchi shaxrida «Silk Road Mining Cooperation Forum»da ishtirok etdi

Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan «Silk Road Mining Cooperation Forum»da O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Mahalliylashtirish markazi vakillari ham faol ishtirok etdi.

Forum doirasida Mahalliylashtirish markazi va Xitoyning “Shanghai Pinxing Motor Co., Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur korxona elektromotorlar, generatorlar va sanoat elektr dvigatellari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Ushbu forum davomida delegatsiya a’zolari yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan muzokaralar olib borib, qo‘shma loyihalar va sarmoya jalb qilish masalalarini muhokama qildi.

Mahalliylashtirish markazi uchun bu tashrif — zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim bir qadam bo‘ldi.

Scroll to Top