Mahalliylashtirish markazi vakillari Janubiy Koreya va O‘zbekiston hamkorligida tashkil etilgan “Uz-Seamyung KO” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delegatsiya korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlari hamda mahalliylashtirish darajasi bilan tanishdi.
Mehmonlarga kompaniya faoliyati, eksport salohiyati va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma’lumot berildi. Tomonlar kelgusida hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda texnologiyalarni mahalliylashtirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Mazkur tashrif sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va investitsion aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

