Mahalliylashtirish markazi vakillarining Ilg‘or texnologiyalar markaziga tashrifi

HomeYangiliklarMahalliylashtirish markazi vakillarining Ilg‘or texnologiyalar markaziga tashrifi

Mahalliylashtirish markazi vakillarining Ilg‘or texnologiyalar markaziga tashrifi

Mahalliylashtirish markazi vakillari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ilmiy-texnik salohiyatni oshirish, innovatsion yondashuvlarni o‘rganish hamda sanoat kooperatsiyasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga markazda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, startap loyihalar, avtomatlashtirilgan tizimlar hamda raqamli ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlanmalar tanishtirildi.

Mahalliylashtirish markazi vakillari Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalari, texnologik jihozlari va tajriba loyihalari bilan tanishmoqda. Jarayonda ilg‘or ishlanmalar va innovatsion yechimlarga alohida e’tibor qaratildi.

Scroll to Top