Mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish doirasida KOVA FOUNDRY MChJ (Andijon viloyati), Namanganmash MChJ (Namangan viloyati) korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari hamda texnologik imkoniyatlari bilan tanishildi.
Tashrifdan maqsad — mazkur korxonalarning mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi doirasida ishtirok etish imkoniyatlarini baholash, shuningdek, amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi.
Ushbu jarayonda Olmaliq KMK AJ, O‘zmetkombinat AJ hamda Mahalliylashtirish markazi vakillari ishtirok etdi.
Tashrif yakunlariga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha qator takliflar ishlab chiqildi.







