ishchi organ — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish loyiha ofisi;
vakolatli organ — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Innovatsion rivojlanish agentligi;
axborot portali — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish loyiha ofisining Mis sanoati klasteri bo‘yicha yagona elektron axborot-interaktiv savdo portali;
Texnopark — Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki;
Texnopark ishtirokchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarori bilan tasdiqlangan Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qarorga asosan “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt;
ilmiy tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari — mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlash borasida energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ekologiya xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish va mahsulot sifatini axborot tizimlari orqali boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari;
loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlari (ishlari) — mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlash borasida energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ekologiya xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish va mahsulot sifatini axborot tizimlari orqali boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni joriy qilish bo‘yicha loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlari (ishlari);
ilmiy tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflangan xarajatlarni qoplash — mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlash borasida energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ekologiya xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish va mahsulot sifatini axborot tizimlari orqali boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflangan xarajatlarning 50 foiz miqdori, biroq 1 mlrd so‘mdan oshmaydigan qismini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish;
loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash — mis va noyob metallar xom ashyosini qayta ishlash borasida energiya va suv resurslaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ekologiya xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish va mahsulot sifatini axborot tizimlari orqali boshqarish va nazorat qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy qilish bo‘yicha loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatlarning 20 foizigacha miqdorini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish;
murojaat — Texnopark ishtirokchisining ilmiy-tadqiqotlar ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflangan hamda loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab berish to‘g‘risidagi murojaati.
Bunda Texnopark ishtirokchisi:
yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi hamda Texnopark ishtirokchisi bo‘lishi;
mis va noyob metalllar xom ashyosini qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirganligi;
ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yaratish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi;
ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini majburiy sertifikatlash talab etilgan hollarda muvofiqlik sertifikati, shuningdek, zarur hollarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar yoki ekologik ekspertiza xulosasiga ega bo‘lishi;
ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalash yoki boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjat talab etilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarga ega bo‘lishi lozim.
hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni axborot portali orqali murojaatchiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi;
hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organga axborot portali orqali so‘rovnoma yuboradi.
Bunda murojaatchi tomonidan joriy etilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasi ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan mezonlarga javob bermasa, asoslantirilgan axborot taqdim etadi.
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddatda ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasini yaratish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni Texnopark ishtirokchisi murojaatida keltirilgan bankdagi hisobvaraqqa O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab beradi.
Bunda Texnopark ishtirokchisi:
yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi hamda Texnopark ishtirokchisi bo‘lishi;
mis va noyob metalllar xom ashyosini qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishda loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatayotganligi (ishlarni bajarayotganligi);
loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatishni (ishlarni bajarishni) joriy etish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi;
loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bo‘yicha majburiy sertifikatlash talab etilgan hollarda muvofiqlik sertifikati, shuningdek, zarur hollarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar yoki ekologik ekspertiza xulosasiga ega bo‘lishi;
loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) qonunchilik hujjatlariga muvofiq ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarga ega bo‘lishi lozim.
hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni axborot portali orqali murojaatchiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi;
hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organga axborot portali orqali so‘rovnoma yuboradi.
Bunda murojaatchi tomonidan joriy etilgan loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan mezonlarga javob bermasa, asoslantirilgan axborot taqdim etadi.
Texnopark ishtirokchisining texnopark hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) faoliyati doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi
SXEMASI
Bosqichlar | Subyektlar | Chora-tadbirlar | Bajarish muddati | |||
1-bosqich | Texnopark ishtirokchisi | Ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasi bilan bog‘lik xarajatlarni qoplash uchun axborot portali orqali ishchi organga murojaat etadi. | ixtiyoriy | |||
2-bosqich | Ishchi organ | Murojaat belgilangan mezonlarga asosan taqdim etilganligini tekshiradi va natijasi bo‘yicha: hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni axborot portali orqali murojaatchiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi; hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organga axborot portali orqali so‘rovnoma yuboradi. | besh ish kunida | |||
3-bosqich | Vakolatli organ | So‘rovnomani o‘rganib chiqadi va natijasi bo‘yicha ishchi organga axborot portali orqali ilmiy ekspertiza xulosasini taqdim etadi. Bunda murojaatchi tomonidan joriy etilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasi belgilangan mezonlarga javob bermasa, asoslantirilgan axborotni taqdim etadi. | o‘n besh ish kunida | |||
4-bosqich | Ishchi organ | Vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ilmiy ekspertiza xulosasiga asosan texnopark ishtirokchisiga ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasini yaratish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplab berish to‘g‘risida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga axborot portali orqali so‘rovnoma yuboradi. | besh ish kunida | |||
5-bosqich | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Ishchi organning so‘rovnomasiga muvofiq texnopark ishtirokchisi murojaatida keltirilgan bankdagi hisobvarag‘iga ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasini yaratish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab beradi. | bir oy muddatda | |||
Texnopark ishtirokchisining texnopark hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) faoliyati doirasida loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi
SXEMASI
Bosqichlar | Subyektlar | Chora-tadbirlar | Bajarish muddati | |||
1-bosqich | Texnopark ishtirokchisi | Loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun axborot portali orqali ishchi organga murojaat etadi. | ixtiyoriy | |||
2-bosqich | Ishchi organ | Murojaat belgilangan mezonlarga asosan taqdim etilganligini tekshiradi va natijasi bo‘yicha: hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni axborot portali orqali murojaatchiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi; hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organga axborot portali orqali so‘rovnoma yuboradi. | besh ish kunida | |||
3-bosqich | Vakolatli organ | So‘rovnomani o‘rganib chiqadi va natijasi bo‘yicha ishchi organga axborot portali orqali ilmiy ekspertiza xulosasini taqdim etadi. Bunda murojaatchi tomonidan joriy etilgan loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) belgilangan mezonlarga javob bermasa, asoslantirilgan axborotni taqdim etadi. | o‘n besh ish kunida | |||
4-bosqich | Ishchi organ | Vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ilmiy ekspertiza xulosasiga asosan texnopark ishtirokchisiga loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplab berish to‘g‘risida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga axborot portali orqali so‘rovnoma yuboradi. | besh ish kunida | |||
5-bosqich | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Ishchi organning so‘rovnomasiga muvofiq texnopark ishtirokchisi murojaatida keltirilgan bankdagi hisobvarag‘iga loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab beradi. | bir oy muddatda | |||
© 2025. IT Works! tomonidan ishlab chiqildi