Mahalliylashtirish markazi vakillari Geologiya fanlari universitetida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Xitoy yashil foydali qazilmalar sohasidagi hamkorlik forumida ishtirok etdilar.
Forum “Ipak yo‘li yashil konlari – sanoat va innovatsion hamkorlik” tamoyillari asosida tashkil etilib, ushbu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashinuvi va ilm-fan asosida barqaror sanoat rivojiga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, forum doirasida Mahalliylashtirish markazi vakillari “Sichuan Zigong Conveying Machine Group” kompaniyasi bilan tog‘-kon sanoatida konveyerlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar olib bordilar.
Forum 28-iyul kuni yakunlanadi. Ushbu tadbir O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.



