“Power Uzbek–2025” xalqaro ko‘rgazmasida yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

HomeYangiliklar“Power Uzbek–2025” xalqaro ko‘rgazmasida yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

“Power Uzbek–2025” xalqaro ko‘rgazmasida yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Joriy yilning 14-may kuni “Power Uzbek–2025” 18-xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif davomida Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U. Yusupov, Mahalliylashtirish markazi direktori M. Ilxamov hamda xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirokida bir qator muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar natijasida Rossiyaning “ССТ энергомонтаж” MCHJ va Italiyaning “Asco Pompe” kompaniyalari bilan o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.

Ushbu kelishuvlar energetika yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, texnologiyalar almashinuvi va investitsiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Bu esa energetika sanoatini mahalliylashtirilgan va eksportbop mahsulotlar bilan boyitish imkonini beradi.

Scroll to Top