Samarqandda O‘zbekiston–Xitoy “Silk Road Samarkand” hududlararo forumi bo’lib o’tmoqda

HomeYangiliklarSamarqandda O‘zbekiston–Xitoy “Silk Road Samarkand” hududlararo forumi bo’lib o’tmoqda

Samarqandda O‘zbekiston–Xitoy “Silk Road Samarkand” hududlararo forumi bo’lib o’tmoqda

2025-yil 1–2-iyun kunlari Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida bo‘lib o‘tgan Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo forumi mamlakatimiz va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

Mazkur forum doirasida Mahalliylashtirish markazi vakillari Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida tuman sanoatini rivojlantirish, mavjud resurs va imkoniyatlardan samarali foydalanish, Xitoy sarmoyadorlarini jalb etish orqali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish borasida kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Nurobod tumanining investitsion jozibadorligini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy bozorga olib chiqish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Forum doirasidagi bu kabi muloqotlar O‘zbekiston viloyatlari va Xitoyning yirik hududlari o‘rtasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish, iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi innovatsion yechimlarni joriy etish uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Scroll to Top