Sany Heavy Industry vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

HomeYangiliklarSany Heavy Industry vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Sany Heavy Industry vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Mahalliylashtirish markazi rahbariyati va mutaxassislari Xitoyning yirik sanoat uskunalari ishlab chiqaruvchisi — Sany Heavy Industry kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, maxsus texnika va uning uskunalarni mahalliylashtirish imkoniyatlari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

“Sany Heavy Industry” — qurilish, tog‘-kon va port uskunalari bozorida dunyoning yetakchi brendlaridan biri bo‘lib, 150 dan ortiq mamlakatlarda o‘z mahsulotlarini taqdim etadi.

Scroll to Top