“Mahalliylashtirish markazi” davlat muassasasi tashabbusi bilan tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida “Cost Engineering” (Tannarx muhandisligi) tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi. Mazkur tizim xarajatlarni samarali boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish va mahsulot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.


Tizim orqali mahsulotning aniq tannarxi hisoblanadi, xarajatlar texnologik jarayon va materiallar asosida tahlil qilinadi, narxlar bozordagi raqobatchilar bilan solishtiriladi va sifatdan chekinmagan holda ortiqcha xarajatlarni qisqartirish imkoniyati yaratiladi.
Hozirda “Mahalliylashtirish markazi” DM va Piza universitetining Toshkent filiali tomonidan Italiyaning “CIM 4.0” kompaniyasi bilan hamkorlikda tizimni soha korxonalariga joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Unda malakali xorijiy trenerlarni jalb etish, “Cost Engineering” yo‘nalishida o‘quv kurslarini tashkil etish va sohaga mos o‘quv dasturini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
“Cost Engineering” – bu mahsulotni tarkibiy qismlar asosida tahlil qilib, uning aniq tannarxini aniqlash va xarajatlarni optimallashtirishga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv tizimidir.