2025-yil 24-may kuni Mahalliylashtirish markazi vakillari Rossiya Federatsiyasining “UralProm” kompaniyasi direktori Aleksandr Nikolayevich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonning tog‘-kon sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va kadrlar salohiyatini oshirish kabi masalalarni muhokama qildilar.
Shuningdek, ‘UralProm’ kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida uskunalar va texnologiyalarni mahalliylashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish hamda birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan investitsiya loyihalari yuzasidan takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha fikr almashdilar.

