Markazning vazifalar

    Misdan, rangli, nodir, noyob metallardan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ko‘p pog‘onali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan ustuvor loyihalar bo‘yicha takliflar tayyorlash;

    Tog‘-kon metallurgiya sohasi uchun zarur bo‘lgan kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar ishlab chiqarish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, mahalliy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan sanoat kooperatsiyasi aloqalari va  autsorsing asosida xizmatlar ko‘rsatish turlarini rivojlantirish bo`yicha taklif tayyorlash;

    Tog‘-kon metallurgiya sohasida loyiha va injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va  tajriba-konstruktorlik ishlarining o‘zaro bog‘liq tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish, innovatsiyalarni va  raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar asosida fan va  ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;

    Respublikadagi yetakchi kon-metallurgiya korxonalariga sanoat mahsulotlarini mahalliylashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tannarxni pasaytirish bo‘yicha takliflar taqdim etib borilishini joriy etish;

    Fan va muhandislik byurosi, shourumlar, roadshoularni tashkil etish, loyihalarni ishlab chiqish, brend kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, texnologik hamkorlarni jalb qilish;

    Kon-metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, dastgohsozlik sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, mavjud va  yangi barpo etiladigan ishlab chiqarish quvvatlarini yuqori malakali mahalliy va  xorijiy mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

    Tog‘-kon metalurgiya va misni qayta ishlash sohalarida halqaro aloqalarni kengaytirish, halqaro moliya tashkilotlarining grantlarini jalb qilish;

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Geologiya fanlari universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, “MISiS” milliy tadqiqot texnologik universitetining Olmaliq shahridagi va “D.I. Mendeleyev” nomidagi kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiallari, Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va Ilg‘or texnologiyalar markazi (keyingi o‘rinlarda –ilmiy muassasalar) bilan yaqindan hamkorlik qilish.

Scroll to Top