21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

HomeYangiliklar21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni!

1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu sana milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimiz tarixida muhim o‘rin tutadi.
O‘zbek tili — milliy faxrimiz, boy tariximiz va ma’naviy merosimizning bebaho timsoli. Uni asrab-avaylash, nufuzini yuksaltirish va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.
Mahalliylashtirish markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
Ona tilimizning ilm-fan, sanoat va texnologiyalar sohalaridagi o‘rni yanada mustahkamlanib, uning boyligi va jozibasi kelajak avlodlar qalbida ham barhayot bo‘lsin!
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va iftixorimiz

Scroll to Top