Mahalliylashtirish markazi hamda xalqaro “McKinsey & Company” konsalting kompaniyasi vakillari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga tashrif buyurdi.
Kombinat rahbariyati va mas’ul mutaxassislari bilan uchrashuvda ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlar, xaridlar va import tarkibi, shuningdek, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi. Vakillar kombinatning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Muloqot davomida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish va mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Tashrif Markaz va “McKinsey & Company” hamkorligida ishlab chiqilayotgan mahalliylashtirish strategiyasi uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlashga qaratildi.








