Nizom

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tashkil etilgan “Eltech Industrial” texnoparki ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga sarflagan hamda ushbu ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni joriy qilish bo‘yicha loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarni ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatlari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 369-son qarori bilan tasdiqlangan “Eltech Industrial” texnoparki ishtirokchilarining innovatsion, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi

Texnopark ishtirokchisining texnopark hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) faoliyati doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi   
                                                                                             S
XEMASI                                                                                          Nizomga   1-ilova

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Chora-tadbirlar

 

Bajarish muddati

   
       

1-bosqich

 

Texnopark ishtirokchisi

 

Ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasi bilan bog‘lik xarajatlarni qoplash uchun axborot portali orqali ishchi organga murojaat etadi.

 

ixtiyoriy

   
       

2-bosqich

 

Ishchi organ

 

Murojaat belgilangan mezonlarga asosan taqdim etilganligini tekshiradi va natijasi bo‘yicha:

hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni axborot portali orqali murojaatchiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi;

hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organga axborot portali orqali so‘rovnoma yuboradi.

 

besh ish kunida

   
       

3-bosqich

 

Vakolatli organ

 

So‘rovnomani o‘rganib chiqadi va natijasi bo‘yicha ishchi organga axborot portali orqali ilmiy ekspertiza xulosasini taqdim etadi.

Bunda murojaatchi tomonidan joriy etilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasi belgilangan mezonlarga javob bermasa, asoslantirilgan axborotni taqdim etadi.

 

o‘n besh ish kunida

   
       

4-bosqich

 

Ishchi organ

 

Vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ilmiy ekspertiza xulosasiga asosan texnopark ishtirokchisiga ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasini yaratish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplab berish to‘g‘risida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga axborot portali orqali so‘rovnoma yuboradi.

 

besh ish kunida

   
       

5-bosqich

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

 

Ishchi organning so‘rovnomasiga muvofiq texnopark ishtirokchisi murojaatida keltirilgan bankdagi hisobvarag‘iga ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmasini yaratish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab beradi.

 

bir oy muddatda

   

Texnopark ishtirokchisining texnopark hududida ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) faoliyati doirasida loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash tartibi

                                                                                              SXEMASI                                                                                                                                                                                                                                                                 Nizomga 2-ilova

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Chora-tadbirlar

 

Bajarish muddati

   
       

1-bosqich

 

Texnopark ishtirokchisi

 

Loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun axborot portali orqali ishchi organga murojaat etadi.

 

ixtiyoriy

   
       

2-bosqich

 

Ishchi organ

 

Murojaat belgilangan mezonlarga asosan taqdim etilganligini tekshiradi va natijasi bo‘yicha:

hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni axborot portali orqali murojaatchiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi;

hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organga axborot portali orqali so‘rovnoma yuboradi.

 

besh ish kunida

   
       

3-bosqich

 

Vakolatli organ

 

So‘rovnomani o‘rganib chiqadi va natijasi bo‘yicha ishchi organga axborot portali orqali ilmiy ekspertiza xulosasini taqdim etadi.

Bunda murojaatchi tomonidan joriy etilgan loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) belgilangan mezonlarga javob bermasa, asoslantirilgan axborotni taqdim etadi.

 

o‘n besh ish kunida

   
       

4-bosqich

 

Ishchi organ

 

Vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ilmiy ekspertiza xulosasiga asosan texnopark ishtirokchisiga loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplab berish to‘g‘risida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga axborot portali orqali so‘rovnoma yuboradi.

 

besh ish kunida

   
       

5-bosqich

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

 

Ishchi organning so‘rovnomasiga muvofiq texnopark ishtirokchisi murojaatida keltirilgan bankdagi hisobvarag‘iga loyihalashtirish, injiniring va texnologiyalar transferi xizmatlarini ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplab beradi.

 

bir oy muddatda

   
Scroll to Top