INNOWEEK–2026: tog‘-kon sanoatida xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

HomeYangiliklarINNOWEEK–2026: tog‘-kon sanoatida xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

INNOWEEK–2026: tog‘-kon sanoatida xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

“InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Mahalliylashtirish markazi vakillari Yevropa, Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreyaning yetakchi tashkilotlari hamda ilmiy markazlari bilan qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Asosiy xalqaro hamkorlar:
Yevropa Ittifoqi: Yevropa Komissiyasi (DG RTD);
Yaponiya: JST agentligi hamda SATREPS vodorod loyihasi ekspertlari;
Germaniya: DFG tadqiqotlar jamg‘armasi, GIZ (“Yashil Markaziy Osiyo”), CASIB va Gannover Leybnits universiteti;
Janubiy Koreya: Jeonbuk Technopark (JBTP).

Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:
– Sohada ilg‘or xorijiy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish;
– Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish;
– Muhandis-texnik kadrlar malakasini oshirish;
– Xalqaro grantlar va qo‘shma loyihalarni jalb etish.

O‘tkazilgan muloqotlar tog‘-kon va metallurgiya tarmog‘iga investitsiya hamda ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etishda yangi amaliy imkoniyatlar yaratadi.

Scroll to Top