Ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligi — dual ta’lim sari

HomeYangiliklarIlm-fan va ishlab chiqarish hamkorligi — dual ta’lim sari

Ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligi — dual ta’lim sari

Mahalliylashtirish markazi vakillari ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda dual ta’lim imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida “Eltech Industrial” texnoparkiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Enco Group”, “Poly Factor” va “Metsol” korxonalarining faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda texnologik imkoniyatlari bilan tanishildi.
Asosiy e’tibor nazariy bilimlarni ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, talabalarning korxonalarda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sanoat ehtiyojlariga mos mutaxassislar tayyorlashda dual ta’limning imkoniyatlarini o‘rganishga qaratildi.

Ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi — malakali kadrlar tayyorlash va mahalliy sanoat salohiyatini oshirishning muhim omilidir.

Scroll to Top