Markaz haqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tog'-kon va metallurgiya sanoati korxonalari ehtiyojlari uсhun zarur bo'lgan mahsulot turlarini o'zlashtirish hamda ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish сhоrа tadbirlari to'g'risida" 2024-yil 13-noyabrdagi 753-son qaroriga muvofiq "Tog' - kon sanoatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi'' davlat muassasasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi "Geologiya, kon-metallurgiya vа misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish loyiha ofisi" davlat muassasasi negizida tashkil etildi.
Markaz to'liq nomi: O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Tog‘ - kon sanoatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” davlat muassasasi;
Manzil: 100164, Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi, 49A-uy.
Scroll to Top