Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Mahalliylashtirish markazi vakillari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro “MINEX Qozog‘iston-2025 kon-geologiya forumida faol ishtirok etishdi.
Forumning asosiy yo‘nalishlari:
– Barqaror rivojlanish va ESG tamoyillari;
– Texnologik innovatsiyalar va raqamlashtirish;
– Investitsiyalar va geologik razvedka;
– Hamkorlik: Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqaviy integratsiyani rivojlantirish.
Ushbu forum doirasida 30 mamlakatdan ortiq ishtirokchilar – 100 dan ziyod yetakchi spikerlar, 450 dan ortiq delegatlar va 40 dan ko‘proq kompaniyalar qatnashdi.



