“Global Mining” MCHJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

HomeYangiliklar“Global Mining” MCHJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Global Mining” MCHJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mahalliylashtirish markazi direktori M. Ilxamov “Global Mining” MCHJ vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida kompaniya tomonidan tog‘-kon sanoati ehtiyojlari uchun portlovchi moddalarni mahalliy ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, Xitoyning “Hongda Civil Explosive Group” Co. LTD kompaniyasi bilan tuzilgan anglashuv memorandumi, hamkorlik doirasida rejalashtirilgan texnologik yechimlar va o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan mahsulot turlari haqida fikr almashildi.

Mazkur loyihalar doirasida portlovchi moddalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish nafaqat tarmoq korxonalarining ichki ehtiyojlarini qoplashga, balki import hajmini kamaytirishga ham xizmat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanib, ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslari mustahkamlandi.

Scroll to Top