Innovatsion yondashuv va sanoat integratsiyasi sari yana bir qadam!

HomeYangiliklarInnovatsion yondashuv va sanoat integratsiyasi sari yana bir qadam!

Innovatsion yondashuv va sanoat integratsiyasi sari yana bir qadam!

“Tog‘-kon sanoatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” vakillari Andijon viloyatida joylashgan “Auto Spring Components” MCHJ korxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida korxonaning ishlab chiqarish liniyalari, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan uskunalari va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha yondashuvlari bilan yaqindan tanishildi.

Korxona asosan avtomobilsozlik sohasiga mo‘ljallangan prujina, amortizator elementlari va boshqa murakkab komponentlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, texnologik intizom, sifat nazorati va innovatsion jarayonlarga katta e’tibor qaratadi.

Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida tog‘-kon, metallurgiya hamda mexanik muhandislik sanoati uchun maxsus buyurtmalar asosida ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, texnologik integratsiya va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ushbu tashrif korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan yo‘lga qo‘yish hamda milliy ishlab chiqaruvchilar salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Scroll to Top