Samarqand viloyatida Mahalliylashtirish markazi vakillari, viloyat hokimligi, Savdo-sanoat palatasi hamda mahalliy sanoat korxonalari vakillari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad — mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va mavjud muammolarga joyida yechim topish edi.
Tadbir davomida:
-Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning faoliyati, imkoniyatlari va ehtiyojlari atroflicha muhokama qilindi;
-Ishlab chiqarish jarayonidagi asosiy to‘siqlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi;
-Ichki bozordagi davlat va yirik buyurtmachilarning ehtiyojlarini mahalliy mahsulotlar orqali ta’minlashga oid strategiyalar ishlab chiqildi.
Tadbirkorlar tomonidan:
– Mahsulot turlarini kengaytirish,
– Yangi texnologiyalarni jalb qilish,
– Moliyaviy va logistika qo‘llab-quvvatlash zarurati bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro anglashuvga erishib, amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, mavjud ishlab chiqaruvchilar bazasini kuchaytirish hamda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Bunday ochiq va amaliy muloqotlar mahalliy sanoatning izchil rivojlanishi, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ulushining oshishi va mahalliy tadbirkorlar salohiyatining to‘liq ro‘yobga chiqishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
#Mahalliylashtirish #SamarqandSanoati #Kooperatsiya #TadbirkorlikniQollabQuvvatlash


