Mahalliylashtirish markazi vakillarining Samarqand viloyatiga tashrifi davom etmoqda. Navbatdagi manzil – Qo‘shrabot tumanida joylashgan “Davr Geo Tex” MCHJ bo‘ldi.
“Davr Geo Tex” – bu burg‘ulash uskunalari, geologik tadqiqotlar uchun zamonaviy texnika va qo‘shimcha mexanizmlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona.
Tashrif chog‘ida korxonaning:
– ishlab chiqarish liniyalari,
– mavjud texnologik imkoniyatlari,
– mahsulot assortimenti
bilan yaqindan tanishildi.
Uchrashuv davomida korxona rahbariyati tomonidan:
– Mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash,
– Ichki bozor ehtiyojlarini to‘liq ta’minlash,
– Texnik quvvatlarni kengaytirish rejalari taqdim etildi.
Mahalliylashtirish markazi vakillari tomonidan ishlab chiqaruvchilarning tashabbuslari yuqori baholanib, korxonani davlat buyurtmalari tizimiga jalb qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Bunday tashriflar hududiy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sanoatdagi real ehtiyojlarni o‘rganish va kelgusida yanada samarali strategiyalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.




