Mahalliylashtirish markazi vakillarining Samarqand viloyatidagi ish safari davomida navbatdagi manzil – “Kattaqo‘rg‘on elektrotexnika» korxonasida bo‘ldi

HomeYangiliklarMahalliylashtirish markazi vakillarining Samarqand viloyatidagi ish safari davomida navbatdagi manzil – “Kattaqo‘rg‘on elektrotexnika» korxonasida bo‘ldi

Mahalliylashtirish markazi vakillarining Samarqand viloyatidagi ish safari davomida navbatdagi manzil – “Kattaqo‘rg‘on elektrotexnika» korxonasida bo‘ldi

Mazkur korxona elektr energiyasi infratuzilmasi uchun muhim bo‘lgan transformatorlar, elektr shitlari va boshqa elektrotexnik mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Korxona yillar davomida o‘zini ishonchli ishlab chiqaruvchi sifatida namoyon etib kelmoqda. Mahalliy texnik imkoniyatlarni to‘liq safarbar etgan holda, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy yondashuv joriy etilgan.

Texnologiya va sifat – asosiy ustuvorlik
Zavodda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar energetika sohasida qo‘llaniladigan eng muhim jihozlar sirasiga kiradi. Har bir mahsulot xalqaro standartlarga javob berishi, yuqori ishonchlilik va xavfsizlik darajasiga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi.

Tashrif davomida mutasaddilar:
– Ishlab chiqarish sexlarini ko‘zdan kechirdi,
– Texnologik jarayonlar va sifat nazorati tizimi bilan tanishdi,
– Zavod mutaxassislari bilan o‘zaro fikr almashdi.

Hamkorlik sari amaliy qadamlar
Mahalliylashtirish markazi vakillari ushbu korxonani ichki buyurtmalar zanjiriga faol jalb etish, boshqa hududlardagi sanoat subyektlari bilan kooperatsion hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar berdi.

Korxona tomonidan esa ishlab chiqarish quvvatini oshirish, yangi mahsulot turlarini joriy etish va kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi.

Scroll to Top