Mahalliylashtirish markazi vakillarining Samarqand safari davomida navbatdagi manzil — “Stekloplastik” MCHJ boʻldi. Ushbu korxona zamonaviy kompozit materiallar, boshqacha qilib aytganda, shisha tolali mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
“Stekloplastik” MCHJ quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
☑️Shisha tolali armatura va quvur tizimlari;
☑️Korroziyaga chidamli konstruksiyalar va armaturlar;
☑️Qurilish, neft-gaz, suv va kimyo sanoatlari uchun maxsus yechimlar.
🔎 Tashrif chog‘ida:
☑️Ishlab chiqarish liniyasi bosqichlari, xomashyo tayyorlashdan tayyor mahsulotga qadar jarayonlar koʻzdan kechirildi.
☑️Sifat nazorati boʻlimi bilan yaqindan tanishilib, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligi baholandi.
☑️Korxona mutaxassislari kompozit texnologiyalarning afzalliklari va eksport imkoniyatlari haqidagi fikrlarini oʻrtoqlashdi.
Mahalliylashtirish markazi vakillari “Stekloplastik” korxonasiga:
- Mahalliy xomashyo zaxiralarini kengaytirish bo‘yicha maslahatlar,
- Davlat va yirik korporativ buyurtmalar doirasiga kiritish istiqbollari,
- Kooperatsiya asosida yangi innovatsion loyiha takliflarini berdi.
Xulosa: “Stekloplastik” MCHJ hududiy sanoatning innovatsion rivojlanishida muhim poydevor hisoblanadi. Bunday tashriflar nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchilarning salohiyatini kengaytiradi, balki viloyat iqtisodiyotiga qo‘shimcha raqobatbardoshlik va eksport salohiyati olib keladi.



