Jizzax viloyatida joylashgan va avtomobil sanoati uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “World Trading Company” MCHJ korxonasiga amaliy tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida korxonaning antifrizlar, yoqilg‘i-moy mahsulotlari hamda har xil turdagi filtr mahsulotlari ishlab chiqarish liniyalari bilan yaqindan tanishildi.
Mahalliy xomashyo va zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yuritayotgan ushbu korxona bugungi kunda nafaqat ichki bozor, balki eksport salohiyatini oshirish borasida ham faol harakat qilmoqda.
Tashrif davomida:
– Mahsulotlarning sifat darajasi,
– Ishlab chiqarish quvvatlari,
– Mahalliylashtirish jarayonlari va
– Yangi investitsiya loyihalari yuzasidan fikr almashildi.
“World Trading Company” MCHJ tomonidan mahalliy sanoatning rivojiga qo‘shilayotgan hissasi, ayniqsa, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishdagi faolligi alohida e’tirof etildi.


