Mahalliylashtirish markazi delegatsiyasining “Research and Development Center” korxonasiga tashrifi

HomeYangiliklarMahalliylashtirish markazi delegatsiyasining “Research and Development Center” korxonasiga tashrifi

Mahalliylashtirish markazi delegatsiyasining “Research and Development Center” korxonasiga tashrifi

Mahalliylashtirish markazi direktori boshchiligidagi delegatsiya bugun “UzAuto Motors” AJ tarkibidagi “Research and Development Center” korxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalliylashtirish jarayonlarining ilmiy asoslangan jihatdan mukammal yo‘lga qo‘yilishini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

Delegatsiya korxonadagi ilg‘or laboratoriyalar, sinov maydonchalari, prototiplash bo‘limlari va konstruktorlik markazining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mutaxassislar tomonidan loyihalash jarayonlari, yangi avlod avtomobil modellari ustida olib borilayotgan tadqiqot ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, ayniqsa, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahalliy komponentlar ishlab chiqarish va ularni sanoatga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalar, malaka oshirish va tajriba almashish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mahalliylashtirish markazi ushbu tashrif orqali avtomobilsozlik sohasidagi ilg‘or tajribalardan foydalanish hamda raqobatbardosh mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini davom ettiradi.

Scroll to Top