Mahalliylashtirish markazi vakillari hamda Kon-geologiya vazirligining tarmoq va tizimosti korxonalarining Mahalliylashtirish bo‘limi mutaxassislari Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markaziga tashrif buyurishdi.
Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad – Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi tomonidan ishlab chiqilgan samarali ish uslublari, loyiha boshqaruvi, raqamli yechimlar va korxonalar bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini o‘rganish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida mehmonlarga markaz faoliyat yo‘nalishlari, mavjud tashkiliy tuzilma, loyiha monitoringi tizimi va mahalliylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish bo‘yicha tajribalari taqdim etildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida konstruktiv muloqot va fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif yakunida ishtirokchilar Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi tajribasini yuqori baholab, undagi yondashuvlar va ish uslublarini o‘z faoliyatlarida qo‘llashga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Shuningdek, bundan buyon hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va doimiy axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.


