Loyiha 10 gektar maydonni qamrab olgan bo‘lib, 40 000 kvadrat metrdan ziyod ishlab chiqarish maydoniga ega. Zavodning yillik quvvati 300 000 dona konditsioner ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Barcha konditsionerlar “Premier” brendi ostida isteʼmolchilarga taqdim etiladi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida mahalliylashtirish darajasini 70% ga yetkazish rejalashtirilgan, bu esa mintaqada yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi. Loyiha to‘liq ishga tushgach, 500 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Ishlab chiqarish jarayonining dastlabki bosqichlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida, Italiya va Xitoydan tajribali mutaxassislar jalb qilingan. Kelgusida ularning tajribasi mahalliy mutaxassislarga o‘rgatilib, korxonaning mustaqil faoliyat yuritishi