Mahalliylashtirish markazi vakillari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Markaziy tahlil laboratoriyasiga tashrif buyurib, uning faoliyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida:
– Laboratoriyaning akkreditatsiya doirasi va xalqaro talablarga javob beruvchi texnik jihatdan ma’qullangan bo‘linmalari ko‘zdan kechirildi.
– Rudalar, metallar va tayyor mahsulotlarni chuqur tahlil qilish imkoniyatlari, shuningdek, sifat nazorati jarayonlari batafsil o‘rganildi.
– Laboratoriya istiqbol rejalari va xizmat ko‘rsatish faoliyatini kengaytirish, yangi uskunalar joriy etish va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Markaziy tahlil laboratoriyasi bugungi kunda nafaqat OKMK ishlab chiqarish jarayonlarining sifatini kafolatlash, balki sanoat tarmoqlarida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, xalqaro standartlarga mos mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qilmoqda.





