O‘zbek tili — milliy g‘ururimiz

HomeYangiliklarO‘zbek tili — milliy g‘ururimiz

O‘zbek tili — milliy g‘ururimiz

1989-yil 21-oktabr — xalqimizning ma’naviy hayotida ulkan tarixiy sana. Bu kunda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan, milliy o‘zligimizning yuksak ifodasi bo‘lgan qonun qabul qilingan.

O‘zbek tili — ajdodlar merosi, milliy ruh va yurtimiz istiqboli bilan uzviy bog‘liq qadriyatdir. U millatning qalbi, birlik va hamjihatlik timsolidir.

Bugun davlat tili nafaqat mamlakatimizda, balki jahon hamjamiyatida ham yuksak nufuzga ega bo‘lib bormoqda. Uni ardoqlash va kelajak avlodga munosib tarzda yetkazish — har birimiz uchun muqaddas burchdir.

O‘zbek tili kuni muborak bo‘lsin!

Scroll to Top