Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish yo‘lida yangi qadam

HomeYangiliklarSanoat kooperatsiyasini rivojlantirish yo‘lida yangi qadam

Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish yo‘lida yangi qadam

2025-yil 21–22-oktabr kunlari “Mahalliylashtirish markazi” va “Auto Spring Components” MChJ korxonasi xodimlaridan iborat ishchi guruh “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlar, cho‘yan quymalari va metallarga ishlov berish imkoniyatlari o‘rganildi.

Uchrashuv chog‘ida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tog‘-kon sanoati korxonalarida qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Scroll to Top