“MAHALLIYLASHTIRISH MARKAZI” JAMOASI “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL MUSOBAQASIDA MUNOSIB ISHTIROK ETDI

HomeYangiliklar“MAHALLIYLASHTIRISH MARKAZI” JAMOASI “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL MUSOBAQASIDA MUNOSIB ISHTIROK ETDI

“MAHALLIYLASHTIRISH MARKAZI” JAMOASI “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL MUSOBAQASIDA MUNOSIB ISHTIROK ETDI

Oldin xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlaridan tarkib topgan jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada “Tog‘-kon sanoatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” davlat muassasasining «SMART MINE» jamoasi ham munosib ishtirok etib, o‘zining bilim, mantiq, jamoaviy uyg‘unlik va tezkor fikrlash borasidagi kuchli salohiyatini namoyon etdi.

Musobaqada 50 ga yaqin jamoa o‘zaro bellashgan bo‘lib, Mahalliylashtirish markazining jamoasi yuqori intilish va jipslik bilan qatnashdi. Ushbu ishtirok markaz xodimlarining keng dunyoqarashi, fikrlash salohiyati hamda intellektual faolligini yana bir bor tasdiqladi.

✅ Musobaqa natijalari barqaror ravishda ichki jamoalarda bilim almashish, hamjihatlikni oshirish hamda xodimlar o‘rtasida intellektual muhitni shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha jamoalarni samimiy tabriklaymiz!
Markaz jamoasining kelgusi musobaqalarda yanada yuqori natijalarga erishishiga ishonamiz!

Scroll to Top