Mazkur tashrif doirasida kon-metallurgiya va geologiya sohasida Ilmiy-metodik kengashni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda kasbiy ta’limni o‘quv-me’yoriy va metodik jihatdan muvofiqlashtirish, sohada yagona tartib va standartlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mazkur standartlarni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish mexanizmlari hamda Kasbiy ta’limni o‘quv-me’yoriy va metodik muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olinib, tomonlarning vazifa va majburiyatlarini aniq belgilash bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi. Mazkur uchrashuv sohada malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’lim sifati va amaliyot uyg‘unligini mustahkamlash hamda yagona standartlar asosida ishlash mexanizmlarini joriy etishga xizmat qiladi.





